21:27 / 18.05.2019
14751

Poroshenko Qrim tatarlariga muxtoriyat berish kerakligini aytdi

Pyotr Poroshenko Qrim tatarlariga Ukraina tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berishga chaqirdi.

Ukraina prezidentining murojaati aks etgan video Facebook tarmog‘ida e'lon qilindi.  

Shu bilan birga, u Qrim yadro qurolini joylashtirish uchun platsdarmga aylanayotganini aytdi. Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati yarimoroldan xuddi shu maqsadda foydalanmoqchi. Shu bois u Rossiyaga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

Avvalroq Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina yarimorolni qaytarib olishini aytgandi.

Mavzuga oid
Top