11:43 / 18.05.2019
5504

So‘qoqda yashovchi shaxs Miroboddagi xususiy korxonaga o‘g‘irlikka tushdi

Illyustrativ foto

Joriy yil 29 aprel kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan “J,S.” xususiy korxonasi binosi xonalaridan birining eshigini buzib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu shaxsning u yerdan 56 yoshli Z.R.ga tegishli 6 mln. 200 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgani holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli A.T. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

Top