18:58 / 18.05.2019
7262

Toyota Trampning avtomobillar importi AQSh uchun tahdid ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Foto: AP Photo/Manuel Balce Ceneta

Yaponiyaning Toyota konserni AQSh prezidenti Donald Trampning avtomobillar va avtosanoat uchun butlovchi qismlarni import qilish AQSh milliy xavfsizligi uchun tahdid ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqidiy qarshi oldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy bayonotida aytiladi.

"AQSh prezidentining bayonoti Toyota uchun bizning AQShdagi investitsiyalarimiz ma'qullanmayotganini, butun Qo‘shma Shtatlardagi zavodlar xodimlarining sa'y-harakatlari qadrlanmasligini anglatadi", - deyiladi bayonotda.

Avtokonsernning qayd etishicha. Keyingi amerikaliklar bilan keyingi 60 yillik hamkorlik davomida 475 mingdan ortiq kishi mehnat qilayotgan 10ta zavod qurilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Toyota AQShga 60 mlrd dollar investitsiya kiritgan.

17 fevralda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Trampga avtoimportning ta'sirini o‘rganish bo‘yicha natijalarni taqdim etgandi. Savdo vazirligining xulosasiga ko‘ra, avtomobillar va ayrim ehtiyot qismlarining importi Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.

Mavzuga oid
Top