2019 yilning birinchi choragida Rossiyaga 6,4 million nafar xorijlik tashrif buyurdi, deb xabar berdi ATOR.
Rossiyaga eng ko‘p kelganlar ro‘yxatida ukrainaliklar yetakchi - 1,7 million kishi. Bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 10,4%ga kamdir. Qozog‘istondan 870 ming kishi (o‘sish 2,5%), O‘zbekistondan 635 ming kishi (o‘sish15%), Tojikistondan 689 ming kishi (o‘sish 24,3%) kelgan.
Yuqori beshlikni Xitoy yakunlab beradi – joriy yilning dastlabki uch oyida Rossiyaga 342 ming nafar xitoyliklar kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17%ga ko‘proqni tashkil qiladi.
Rossiyaga keluvchi turistlar orasida ham xitoyliklar yetakchi: yanvar-mart oylarida 163 ming nafar Xitoy fuqarosi Rossiyaga turistik maqsadda kelgan. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya va Isroil joylashgan.