23:30 / 21.05.2019
5228

Amazon “.amazon” domeni uchun ko‘p yillik kurashda yutib chiqdi

Domen nomlari va IP-adreslarni boshqarish korporatsiyasi (ICANN) “.amazon” internet-domeniga egalik qilish borasidagi bahsda Amazon kompaniyasi tomonini egalladi. Dunyodagi eng yirik onlayn-riteyler bu domen nomni olish uchun arizani 2012 yildayoq topshirgan, biroq Braziliya va Peru hukumatlari tomonidan qarshilikka uchragan. Bir yildan keyin esa AQSh kompaniyasiga Amazonka tabiiy merosini asrashni ta'minlash maqsadida yaratilgan Amazonka paktiga (ACTO) a'zo davlatlar qarshi chiqqan. 

Ushbu tashkilot vakillari domen nomi Amazonka mintaqasiga yo‘llashini va demak bu nom ularga tegishli bo‘lishi kerakligi aytilgan. 7 yillik bahsdan keyin tomonlar kelishuvga kela olmaganlar. Shu sababli ICANN Amazon tomonidan aprelda taklif qilingan shartlar ikki tomon uchun ham maqbul bo‘lishi haqidagi qarorga kelgan.

AQSh kompaniyasi taklif qilgan shartlarga ko‘ra, u Amazonka mintaqasi madaniy obektlari va merosiga tegishli bo‘lgan nomlarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Umumiy hisobda kompaniya bunday nomlar ro‘yxatiga 1,5 ming nomni kiritmoqchi, ASTO davlatlari bu ro‘yxatni kelishuv tuzilgandan keyin 2 yil ichida kengaytirishlari mumkin. Bundan tashqari, Amazon tashkilotga a'zo davlatlarga notijoriy qo‘llash uchun 9 ta domen nomi taqdim qilishga tayyor.

ACTO vakillari ICANN qaroridan norozilik bildirishgan, Braziliya tashqi ishlar vazirligi esa afsus bildirgan.

Mavzuga oid
Top