16:11 / 25.05.2019
17632

Azar «Chelsi» va «Real»ga shart qo‘ydi

Foto: Getty Images

Yarimhimoyachi Eden Azar uning transferi ustida savdolashayotgan «Chelsi» va «Real» klublariga tezroq bir to‘xtamga kelish talabini qo‘ydi, deb xabar bermoqda Mirror.

Nashrga ko‘ra, 28 yoshli vinger London va Madrid klublariga 4 iyunga qadar muhlat bergan. U Belgiya milliy jamoasi bazasiga jo‘nab ketgunga qadar mazkur masala hal bo‘lishini istamoqda.

Belgiyaliklar Yevro-2020 saralashi doirasida 8 iyun kuni Qozog‘iston, 11 iyunda Shotlandiya milliy jamoalarini qabul qiladi.

The Telegraph`ning yozishicha, «Chelsi» 28 yoshli belgiyalikni 130 million funtga baholayapti va bu qiymatni pasaytirmoqchi emas. «Real» esa ko‘pi bilan 90 million funt berishga tayyor.

«Chelsi»ga FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi tufayli, muzokaralar qiyin kechyapti.

Eslatib o‘tamiz, Edenning «ko‘klar» bilan bitimi muddati tugashiga bir yil qolgan.

29 iyunda Bokuda «Arsenal»ga qarshi kechadigan Yevropa ligasi finali Azarning «Chelsi»dagi so‘nggi o‘yini bo‘lib qolishi kutilyapti.

Mavzuga oid
Top