01:23 / 25.05.2019
14518

Hayo – payg‘ambarlarning sunnati, yo‘lidir

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Hayoning fazilati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov sharhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Uqba ibn al Ansoriy (r.a) Payg‘ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: “Sobiq payg‘ambarlardan odamlarga yetib kelgan bir ibora mavjud – “Uyalmasang, istaganingni qil!”.

Buxoriy, Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati.

Buning ma'nosi shundan iboratki, masalan, bir ishga ro‘baro‘ kelindi. U ishda xayr bormi, baraka bormi, u hayoga muvofiqmi yoki nomuofiqmi, inson agar inson bo‘lsa, mo‘minlik-musulmonlik da'vosida bo‘lsa, u ishni o‘rganadi. Unda Allohning roziligi, Unda Rasulullohning roziliklari bormi yo‘qmi? Dinimizning munosabati qanday? Yuqoridagi ibora ba'zi bir vijdonsiz, behayo kishilarga nisbatan aytilgan. 

Hayoning fazilati haqida kelgan hadisda, insonlarni hayoga targ‘ib etish yotadi. Chunki Rasululloh salollohu alayhi vasallam “Hayo – iymondandur” dedilar. Chunki hayo bu – payg‘ambarlarning sunnati, yo‘li hisoblanadi. Insonning amallari qabul bo‘lishi uchun ham hayo zarur bo‘ladi.

Insonda tanlash imkoniyati bor. Alloh taolo insonning qalbiga halol, pok va shu bilan birga harom bo‘lgan narsalarni ko‘rsatdi. Luqmaning halolligida ham hayo zarur bo‘ladi. Inson qiladigan ishiga nazar tashlashi zarur. Har qanday ishda, ya'ni birov ko‘rmayapti, birov bilmayapti, degan fikrdan uzoq bo‘l. Chunki Alloh taolo ko‘rib, kuzatib turgan Zotdir!

Toshkent shahar "Katta Qozirobod" masjidi imom-xatibining telegramdagi rasmiy kanaliga a'zo bo‘ling!

Mavzuga oid
Top