10:58 / 28.05.2019
17750

«Dunyo bo‘ylab» telekanali rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali rahbari o‘zgardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Telekanalga ayni paytgacha “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri vazifasida ishlab kelayotgan jurnalist Vohid Luqmonov rahbar etib tayinlangan. 

Vohid Luqmonov

Eslatib o‘tamiz, Vohid Luqmonov avval “Madaniyat va ma'rifat” telekanali direktori sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, telekanalning avvalgi direktori Zoir Qurbonov nima sababdan ishdan olingani va qayerga o‘tkazilgani hozircha noma'lum.

Mavzuga oid
Top