22:01 / 28.05.2019
51563

OAV Zelenskiy prezident sifatida birinchi bo‘lib qaysi davlatga borishini ma'lum qildi

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelasi haftada ilk ishchi tashrif bilan Bryusselda bo‘lishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Yevropeyskaya pravda" nashri o‘z manbasiga tayanib.

"Zelenskiy kelasi haftada Bryusselga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Tashrif 4 iyunda amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu prezident Zelenskiyning ilk rasmiy xorijiy tashrifi bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Nashrning ma'lum qilishicha, seshanba kuni Yevrokomissiyaning qo‘shnichilik va kengaytirish bo‘yicha muzokaralar masalalari bosh direktori Kristian Daniyelson va Yevropa tashqi siyosiy xizmatining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Tomas Mayyer-Xarting Zelenskiyga tashrif taklifnomasini topshirgan.

Mavzuga oid
Top