07:33 / 29.05.2019
15227

Haftar armiyasi Qohiraga eng xavfli misrlik terrorchini topshirdi – OAV

Foto: Global Look Press

Marshal Halifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Qohiraga eng xavfli misrlik terrorchi Hisham Ashmauiyni ekstraditsiya qildi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Youm7 portali ma'lum qildi. 

Avvalroq portal Misr tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Abbos Kamol LMA qo‘mondoni Haftar bilan 28 may kuni uchrashuv o‘tkazganini ma'lum qilgandi. 

LMA harbiylari 2018 yil oktyabrda Liviya sharqidagi Darna shahrida Misr armiyasining sobiq harbiysi, Misrda terrorchilik faoliyatiga aloqadorligi uchun qidirilayotgan Hisham Ashmauiyning qo‘lga olinganini e'lon qilishgan. 

Misr OAV Ashmauiyni eng xavfli misrlik terrorchi deb ataydi. Avval Misr maxsus kuchlarining eng nufuzli bo‘linmalaridan birida xizmat o‘tagan Ashmauiy radikal qarashlarga berilib, terrorchilik guruhlariga qo‘shilgan. Ashmauiy bir qator yirik teraktlar sodir etishda, jumladan 2017 yil oktyabrda Al-Vaxat tumanida Misr ichki ishlar kuchlari otryadlariga hujum qilishda gumon qilinadi. O‘sha hujum oqibatida 16 harbiy halok bo‘lgan. 

U, shuningdek, Sinay yarimorolining shimolidagi “Bayt al-Makdis” terrorchilik guruhi va Liviyaning Darna shahridagi “Murabitun” guruhi tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.

Mavzu
Liviyada fuqarolar urushi
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar boshchiligidagi qo‘shinlar poytaxt Tripolini qamal qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top