21:49 / 30.05.2019
4594

Narendra Modi keyingi 5 yillik muddatga bosh vazir qasamyodini keltirdi 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi keyingi 5 yillik muddatga qasamyod keltirdi. 

Bosh vazirdan qasamyodni Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind qabul qilgan. Modi qasamyod bilan birga davlat sirini saqlashga ont ichgan. Prezident saroyi Rashtrapati-Bxavanda o‘tgan marosimda 6 mingdan ko‘proq mehmon ishtirok etgan. Ular orasida bir qator davlatlar rahbarlari, elchilari, hukmron partiya faollari, Bollivud yulduzlari, tadbirkorlar, san'at va madaniyat vakillari bo‘lgan. 

Modi bildiruvchi “Bxaratiya janata parti” partiyasi 19 may kuni yakunlangan bir oylik parlament saylovlari natijalariga ko‘ra parlamentning quyi palatasi –  Lok sabxada 543 o‘rindan 303 o‘rin egallagan. Yetakchi muxolif partiya “Hindiston milliy kongressi” esa 52 o‘rin olgan.

Modi Hindiston bosh vaziri lavozimini 2014 yildan beri egallab kelmoqda.

Top