16:05 / 31.05.2019
5790

Turkmaniston prezidenti MDH davlatlarini innovatsiyalarni rivojlantirish uchun birlashishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

MDH davlatlari innovatsion rivojlanish va yuqori texnologiyalar sohasida sa'y-harakatlarini birlashtirishi lozim. Bu haqda MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov aytib o‘tdi, deb xabar berdi "Turkmaniston bugun" agentligi.

"Bu yo‘nalishda kuchlarimizni birlashtirishimiz, hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiyotiga yorqin innovatsion tus, raqamli o‘zgarish berishimiz lozim", - dedi Turkmaniston rahbari.

U MDHdagi barcha davlatlar innovatsion o‘sish salohiyatiga, ilmiy maktablar va ilg‘or texnologik ishlanmalarga ega ekanligiga ishonch bildirdi.

Turkmaniston prezidenti terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish ustuvor vazifa ekanligini bildirdi hamda MDH davlatlari energetika, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi va migratsion siyosat borasida hamkorlik qilishlari muhim ekanligini ta'kidladi.

Top