18:47 / 01.06.2019
8781

Toshkent shahar hokimligi ko‘chalardan birida yuvilib ketgan yo‘l chizig‘i bo‘yicha ma'lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida yo‘l chizig‘i yuvilib ketgani bo‘yicha ma'lumot tarqaldi. Poytaxt hokimligi bunga aniqlik kiritdi.

“Bizdagi suratda yangi yo‘l chizig‘iga hech qanday zarar yetmagan. Chunki unda suvga chidamli bo‘lgan bo‘yoqlardan foydalanilgan. Yog‘ingarchilik natijasida shina va asfalt ishqalanishi natijasida ko‘pik hosil bo‘lgan. Ko‘pchilik esa ushbu ko‘piklarni go‘yo bo‘yoq oqib ketyapti, deb o‘ylagansiz”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Toshkent shahar ma'muriyati foydalanuvchilarga g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirgan. Biroq, xulosa chiqarishdan avval har qanday ma'lumotni tekshirib ko‘rishni so‘ragan.

Top