19:20 / 02.06.2019
45485

May oyining eng zo‘r smartfonlari reytingi

Yakunlangan oy taniqli ishlab chiqaruvchilarning yangiliklariga boy bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. ZenFone 6 deb nomlangan yangi avlod smartfoni dunyodagi birinchi aylanadigan kamerasi bilan yaqqol ajralib chiqdi.

OnePLus 7 Pro

Yangi OnePLus 7 Pro flagmani ekranning ramkasiz va har xil kesimlarsiz holati tendensiyasini davom ettirdi. Uning selfi-kamerasi oldinga suriladigan modulga o‘rnatildi va undan foydalanishga zarurat bo‘lmasa kamera shunchaki korpusga qaytib joylashadi. Shu sababli smartfon old panelda ortiqcha detallar yo‘q - uning ostki qismida barmoq skaneri optik datchiklari joylashgan AMOLED ekrani hajmi 6,7 dyumni tashkil etdi.

Flagmanning yuragi katta quvvatga ega Qualcomm Snapdragon 855 protsessoridir. Uskuna eng katta 12 GB operativ va 256 GB ichki xotira bilan ta'minlangan. Telefon qizib ketmasligi uchun esa uni suyuq sovitish tizimi bilan jihozlashdi.

Smartfonning orqa tomonida 48, 16 va 8 Mp moduldagi 3ta asosiy kamera mavjud. Kamera kutilgandan ham ko‘proq natijaga erishdi: DxOMark testlarida uning to‘plagan balli 111’ni tashkil etdi. OnePlus 7 Pro’ning frontal kamerasi esa 16 Mp.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,67 dyum, 3 120 × 1 440 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8/12 GB, doimiy xotira 128/256 GB.
  • Kameralar: asosiy — 48 + 6 +8 Mp, frontal — 16 Mp.
  • Akkumulyator: 4 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (OxygenOS 9).

OnePlus 7 Pro’ning korpusi ikki xil rangda ishlab chiqarilgan: kulrang va havorang. 6/128 GB varianti 669 dollar, 8/256 - 699 dollar, 12/256 GB esa 749 dollarga baholanmoqda.

Xiaomi Redmi K20 va K20 Pro

Xiaomi kompaniyasining o‘zi oz emas, ko‘p emas «qotil-flagmanlar» deb nomlagan so‘nggi smartfonlari  ishlab chiqaruvchining ilk harakatlanuvchi 20 Mp frontal kameraga ega uskunasidir.

Ikki smartfon ham ko‘rinish jihatdan bir xil: old tarafda Full HD+’da ishlaydigan 6,39 dyumli AMOLED displey, orqa tarafda ko‘zni qamashtiruvchi qoplamaga ega shisha. Barmoq izi skaneri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranda joylashgan.

Uskunalar ichi va kameralari esa farqli. Redmi K20 Pro’da Snapdragon 855, tezkor xotira 6/8 GB va 64/128/256 GB ichki xotira mavjud. Redmi K20’ning protsessori oddiyroq - Snapdragon 730, atigi 6 GB tezkor xotira va 64/128 GB’lik ichki xotiradan tashkil topgan.

Ularning har ikkisi ham 3 kamerali: 48 Mp (Sony IMX586, f/1.75), 8 Mp (ikki karra optik zum) va 13 Mp. Kichik modelda asosiy 48 Mp sensor Sony IMX582’ga almashtirilgan. Smartfonlar simsiz quvvatlash tizimiga ega bo‘lmasa ham, ularda NFC modul o‘rnatilgan.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,39 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855 kattasida, Snapdragon 730 — kichik modelda.
  • Xotira: katta modelda tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB, kichigida 6 GB va 64/128 GB.
  • Kamera: asosiy — 48 + 13 + 8 Mp, frontal — 20 Mp.
  • Akkumulyator: 4 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (MIUI 10).

Redmi K20 Pro  6 GB OZU va 64 GB PZU 2499 yuan (362 dollar), Redmi K20 esa xuddi shunday sig‘im bilan 1999 yuan (290 dollar) etib belgilangan.

Honor 20 va 20  Pro

Huawei o‘ziga tortuvchi glubin effekt va 6,26 dyumli Full HD+ ekranga ega yangiligini taqdim etdi. Smartfon ikki xil talqinda ishlab chiqilgan: Pro qo‘shimchasiga ega katta va kichik. Ular bir-biridan xotira sig‘imi, batareya quvvati va asosiy kamera kuchi bilan farq qiladi, xolos.

Smartfon mobil fotograflik ishqibozlari ko‘nglidan joy oladi. Pro-versiya 4ta asosiy kamera bilan jihozlangan: 48 Mp, 16 Mp (kengburchakli), 8 Mp (3x zum) va 2 Mp (makro). Boshlang‘ich talqinda esa zum uchun mo‘ljallangan 8 Mp kamera o‘tkir kesimli 2 Mp kameraga almashtirilgan. DxOMark laboratoriyalari sinovida Honor 20 Pro uchinchi pog‘onani zabt etdi. Oldingi o‘rinlarda Huawei P30 Pro va Samsung Galaxy S10 5G.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,26 dyum, 2 340 x 1 080 piksel.
  • Protsessor: Kirin 980.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 128/ 266 GB.
  • Kameralar: asosiy - 48 +16+2+2 Mp kichik modelda, 48+16+8+2 Mp kattasida, 32 Mp frontal.
  • Akkumulyator: 3 750 mA·s kichik modelda, 4 000 mA·s kattasida.
  • OS: Android 9.0 Pie (Magic 2.1).

Pro-versiya uch xil rangda taqdim qilingan: yashil, liliya va qora. Kichik modifikatsiya — qora, oq va ko‘k ranglarda. Honor 20 Pro — 599 yevro, Honor 20 esa 499 yevro.

ZenFone 6

Asus kompaniyasi taqdim etgan flagman o‘zining noodatiy kamerasi bilan ajralib turibdi. Muhandislar bizni ekranni xunuklashtirib turadigan yoqimsiz kesimlardan xalos qilishdi. Buning o‘rniga kameralar ZenFone 6’ning suratga olish rejimida harakatga keluvchi moduliga joylashtirildi. Agar siz selfi olmoqchi bo‘lsangiz, ushbu modul avtomatik tarzda buriladi va asosiy kamera frontal kameraga aylanadi. Zarurat paydo bo‘lganda kamera burchagi qo‘lda ham boshqarilishi mumkin.

Smartfon ekrani hech qanday ramkalarsiz, Corning Gorilla Glass 6 shishasi bilan himoyalangan va diagonali 6,4 dyumli va 2340x1080 megapiksel IPS-matritsa bilan ta'minlangan. ZenFone 6’ning ichki qismi: Snapdragon 855 protsessor, 8GB’gacha tezkor xotira va 256 GB’gacha ichki xotira; 

Quick Charge 4.0’da ishlaydigan tez quvvat oluvchi 5000 mA·s akkumulyator. Smartfondan Powerbank sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U 200 GB’gacha microSD’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Unda standart audio-port borligi ham katta ahamiyatga ega.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,4 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB.
  • Kamera: asosiy — 48 + 13 Mp
  • Akkumulyator: 5 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (ZenUI 6).

P smart Z

Agar sizni yuqoridagi barcha ramkasiz va harakatlanuvchi kamerali smartfonlarni ko‘rib chiqqan holda xuddi shunaqasidan sinab ko‘rish fikri va uning kattagina summasi ikkilantirayotgan bo‘lsa, e'tiboringizni Huawei’ning narxi hamyonbop bo‘lgan P smart Z flagmaniga qarating.

Ushbu uskunaning ichki qismlari budjetbop: Kirin 710F protsessori, 4 GB operativ va microSD fleshka orqali kengaytirish mumkin bo‘lgan ichki 64 GB xotira. Lekin smartfon bular bilan emas, o‘zining ramkasiz ekrani va harakatlanuvchi selfi kamerasi bilan ahamiyatga ega. 16 Mp sensorli modul korpus yuqorisi ichkari tomonga joylashtirilgan va selfi rejimi ishga tushganda korpusdan ko‘tariladi. Orqa panelda 16 Mp va 2 Mp’da ishlaydigan asosiy kameralar mavjud.

Shu yechimda ishlab chiqarilgani sababli smartfon 2340x 1080 pikselli 6,59 dyumdagi LTSP displeyni qo‘llab-quvvatlovchi ramkasiz ekranga ega. Barmoq izi skaneri, USB Type-C va NFC moduli ham istisno emas.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,59 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Kirin 710F.
  • Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB PZU.
  • Kameralar: asosiy - 16 +2 Mp, frontal - 16Mp.
  • Akkumulyator: 4000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie.

Google Pixel 3a va 3a XL

Google Pixel smartfonlarida shak-shubhasiz 2 yutuq mavjud: Androidning haqiqiy versiyasi va juda zamonaviy kameralar. Lekin ularning narxi juda qimmat baholangan. Mablag‘ini tejamoqchi bo‘lgan xaridorlarga esa Google Pixel 3a va 3a XL modellari taqdim etildi, ular ikki barobar arzonroq.

Mobil fotografiya ishqibozlariga uskunaning kamerasi manzur bo‘ladi - ular flagman modelidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilgan. Lekin tan olish kerak, korpusda, namdan himoya dasturi va simsiz quvvat olish tizimida qisqartirishlar mavjud. Ichki jihozlar ham o‘rtacha: Snapdragon 670, 4 GB operativ va 64 GB ichki xotira. Quloqchinlar uchun audio-port mavjud. Smartfonlar ekran hajmi bilan bir-biridan farq qiladi: Pixel 3a XL’da 6 dyum diagonalli OLED-ekran, Pixel 3a’da esa 5,8 dyum. Google smartfon xaridorlariga bepul Google Photos dasturini taqdim etadi.

Texnik tavsif

  • Displey: katta modelda 6 dyum, 5,8 kichigida 2 220 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 670.
  • Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB.
  • Kameralar: 12 Mp asosiyda, frontal - 8 Mp.
  • Akkumulyator: 3700 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie.

Smartfon uch xil tusda taqdim etildi: qora, oq va yorqin liliya rangida. Narxlar kesimi Pixel 3a 399 dollar etib belgilangan bo‘lsa, Pixel 3a XL sotib olishingiz uchun 479 dollar talab etiladi.

Mavzuga oid
Top