20:20 / 02.06.2019
16712

YeChL terma jamoasi e'lon qilindi

UYeFA Yevropa Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan 20 nafar futbolchi joy olgan, tarkibga eng ko‘p «Liverpul»dan futbolchi kirgan - 6 nafar, «Ayaks»ning 5, «Tottenhem»ning 3 nafar futbolchisi yilning eng yaxshilari qatorida e'tirof etilgan.

O‘z pozitsiyalarida quyidagi futbolchilar eng yaxshi deb tan olindi:

Darvozabonlar: Alison Beker («Liverpul»), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»).

Himoyachilar: Virjiyl van Deyk («Liverpul»), Mateys de Ligt («Ayaks»), Yan Vertongen («Tottenhem Hotspur»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Endryu Roberson («Liverpul»).

Yarimhimoyachilar: Mussa Sissoko («Tottenhem Hotspur»), Hakim Ziyosh («Ayaks»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Ayaks»), Tangi Ndombele («Lion»), Jorjino Veynaldum («Liverpul»), Dushan Tadich («Ayaks»), Rahim Sterling («Manchester Siti»).

Hujumchilar: David Neres («Ayaks»), Lionel Messi («Barselona»), Sadio Mane («Liverpul»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Lukas Moura («Tottenhem Hotspur»).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top