14:35 / 05.06.2019
34490

Tramp Eronga harbiy zarba berilishi mumkinligini aytdi

Foto: AP Photo/Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, ammo Eronga harbiy zarba berilishi ham mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

«Harbiy operatsiya o‘tkazish ehtimoli har doim bor. Buni istaymanmi? Yo‘q, istamagan bo‘lardim. Ammo Eronga zarba berish ehtimoli har doim mavjud», — dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u prezidentlikka saylangan vaqtda bu davlat «ashaddiy dushman» bo‘lgan. 

«O‘sha vaqtda ular dunyodagi birinchi raqamli terrorchi davlat edi va ehtimol, hozir ham shundayligicha qolmoqda», — dedi AQSh prezidenti.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo AQSh Eron bilan yangi yadroviy kelishuv imzolashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top