10:30 / 06.06.2019
39351

Toshkentda yana yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi 

Foto: KUN.UZ

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 6 iyun kuni Toshkent shahrida ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/s ga ortadi.

Havo harorati kunduzi +28...+30 daraja, kechqurun esa +15...+17 daraja iliq bo‘lishi kuzatilmoqda. 

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang.

Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahrimizda suv toshish holatlarini kuzatsangiz, 1050, 1055 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Top