08:28 / 06.06.2019
62228

Voronejda Putinga «qabr toshi» o‘rnatildi

Foto: Agit Rossiya

Voronejda «Vladimir Putinning qabr toshi» paydo bo‘ldi, unda «Misli yo‘q o‘g‘ri va yolg‘onchi. Siyosiy murda» yozuvi bor.

«Qabr toshi»ning suratlari tvitterda «Agit Rossiya» norozilik harakati tomonidan joylashtirildi. Harakatdan aniqlik kiritishlaricha, telegramdagi bot orqali tasvirlarni olishgan. Ushbu aksiya ortida kim turgani hozircha noma'lum.

Mart oyidan boshlab Rossiyaning turli shaharlarida «Vladimir Putinga qabr toshi» o‘rnatilmoqda. Ulardan birinchisi Naberejniy Chelnida paydo bo‘ldi. Aksiyada ishtirok etganlik uchun «Muddatsiz norozilik» harakatining ikki faoli hibsga olindi.

Naberejniy Chelnidagi aksiyadan so‘ng «VKontakte» ma'muriyati «Putinga qabr toshi» fotosuratlarini o‘chirib tashlab, ular «foydalanuvchilarni chalkashtirayotgani» haqida ma'lum qildi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoq suratlar asl ekanini tan oldi va o‘chirilgan tasvirlarni qayta tiklashga va'da berdi.

Bundan oldin, Peterburgda faollardan biri «Putinga qabr toshi» tufayli to‘qqiz sutkaga qamalgandi.

Top