14:22 / 08.06.2019
13897

Azar: «Bir emas, ikkita orzum ro‘yobi uchun Abramovichga rahmat»

Foto: Getty Images

«Chelsi»dan «Real»ga o‘tgan yarimhimoyachi Eden Azar Instagram`dagi sahifasida mazkur muhim yangilik yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

«Real»ga o‘tishim endi sir emas. Shu klubda o‘ynashni bolaligimdan orzu qilganimni bilasiz. Mish-mishlar va OAVning menga e'tibori oshgan murakkab davrda – ayniqsa oxirgi yarim yil davomida o‘zimni va jamoani chalg‘itmaslikka bor kuchim bilan urindim.

Endi klublar xarid bo‘yicha kelishib olishdi. Men hayotimda yangi sahifa ochishim kerakligini tushunasiz, degan umiddaman. Axir har birimiz orzumiz ro‘yobiga imkon tug‘ilganda shunday qilamiz.

«Chelsi»dan ketish – faoliyatim davomida qabul qilishimga to‘g‘ri kelgan eng katta va eng qiyin qaror.

Hozir shuni rasman bayon qilishni istardimki, men «Chelsi»dagi har bir onimdan zavq oldim, biror marta ham boshqa hech qaysi klubga o‘tish haqida o‘ylamadim.

Ketishimdan oldin klubdagi barchaga rahmat aytmoqchiman. Klub xo‘jayini mister Abramovich va uning boshqaruvchilariga ham tashakkur aytishim kerak; ular mening bir emas, ikkita orzumni ro‘yobga chiqishiga yordamlashishdi – birinchisi «Chelsi» safida o‘ynash, ikkinchi esa – «Real» a'zosi bo‘lish», – deb yozgan Azar.

28 yoshli vinger transferi bo‘yicha kelishuvga erishilgani 7 iyun kuni rasman tasdiqlandi.

Eden 13 iyun, payshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida «Real»ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

Mavzuga oid
Top