08:21 / 08.06.2019
12096

O‘zbekistonda OTM reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Foto: shutterstock/vostock-photo

Hukumat qarori bilan Oliy ta'lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, oliy ta'lim muassasalari reytingi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun ma'lumotlar 1 fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni o‘tkazadi:

professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;

talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va ta'lim sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Top