09:56 / 11.06.2019
7983

Xitoyda partiya rahbarlaridan biri korrupsiyaga qarshi kurash nishoniga aylandi

Foto: AP Photo / Andy Won

 Xitoy kommunistlari partiyasining Axloq masalalari bo‘yicha Markaziy kengashi Xux-Xoto (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom ma'muriy birligi markazi) shahri partiya kotibiga nisbatan tergovni boshladi. Antikorrupsion tuzilma bayonotida amaldor Yun Guanchjun «jiddiy qoidabuzarlik»ka yo‘l qo‘ygani ta'kidlangan. 

  «Ayni paytda Yun Guanchjun hibsga olingan va surishtiruv davom etmoqda», — deyiladi bayonotda.

2016 yil noyabrdan buyon Xux-Xoto shahri partiya rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Yun Guanchjun Ichki Mo‘g‘ulistondagi Ordos okrugiga ham rahbarlik qilgandi.

Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash «beshinchi avlod» vakillari —  Si Tszinpin boshchiligidagi rahbariyat  hokimiyatga  kelgandan buyon kuchaydi. 2012 yildan buyon Xitoyda yuqori mansabdor shaxslar nafaqat lavozimidan bo‘shatildi, balki ular orasida umrbod qamoq jazosiga mahkum etilganlar ham mavjud.

Top