09:30 / 13.06.2019
4104

«Sent-Luis Blyuz» o‘z tarixida ilk marotaba Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Bruce Bennett/Getty Images

Xokkey bo‘yicha klublar o‘rtasidagi dunyoning eng nufuzli turniri – Stenli Kubogi nihoyasiga yetdi.

2018/19 mavsumi finalining 7-o‘yinida «Boston Bryuinz» o‘z maydonida «Sent-Luis Blyuz»ga 1:4 hisobida yutqazdi.

Natijada, umumiy 4:3 hisobida g‘alaba qozongan «Sent-Luis Blyuz» o‘z tarixida ilk marotaba nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Bungacha «blyuzmenlar» 1968-70 yillar davomida 3 marta finalda yutqazishgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, Stenli Kubogi 1927 yildan beri o‘tkazilmoqda. Unda eng ko‘p marta Kanadaning «Monreal Kanadiyens» klubi g‘alaba qozongan – 24.

MXL
Stenli Kubogi
Final, 7-o‘yin
Boston – Sent-Luis – 1:4 (0:2, 0:0, 1:2)
13 iyun, Boston, «TD Garden» 
Gollar: 0:1 – 16 O′Raylli (Petranjyelo, Baumister) 
    0:2 – 19 Petranjyelo (Shvars) 
    0:3 – 51 Shenn (Shvars, Tarasenko) 
    0:4 – 55 Senford (O′Raylli, Perron) 
    1:4 – 57 Gjyelchik (Kreychi) 
Seriyadagi hisob: 3-4.

Mavzuga oid
Top