20:51 / 15.06.2019
10872

Samarqandlik kollej o‘quvchilari korrupsiya haqida qanday fikrda?

Loqaydlik, befarqlik, poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, urug‘-aymoqchilik, ikkiyuzlamachilik, tanish-bilishchilik... Samarqandlik kollej bitiruvchilari eng ko‘p ana shu illatlarga  qarshi ekanligi oydinlashdi.

Samarqand viloyatidagi kasb-hunar kollejlarida “Korrupsiya – adolat kushandasi” Respublika insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov barcha ishtirokchilarning Vatan madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Unda viloyatdagi 166 ta kasb-hunar kollejlaridan 51828 nafar bitiruvchilar qatnashib  fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Mazkur tanlov kasb-hunar ta'limi Markazining 2019 yil 27 maydagi 269-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning 15 iyun kuni barcha kasb-hunar kollejlari 3-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!” shiori ostida “Korrupsiya – adolat kushandasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Insholar tanlovi noan'anaviy tarzda, kollejning  hovlisi,  foyesi, sport zali, oshxonasi, faollar zallarida tashkil etildi.

Tanlov jarayonida Viloyat prokuraturasi, Adliya, Milliy gvardiya, Ichki ishlar idoralari Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, tuman(shahar) hokimlik rahbarlari, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitalari hamda Kun.uz, “O‘zbekiston 24”, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand”, “Samarqand”, “Ulug‘bek vorislari” kabi ommaviy axborot vositalarining jami 830 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Tuman va shaharlar Yoshlar ittifoqi tashkilotlari tomonidan eng faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Insholar tanlovi bo‘yicha olingan yozma ishlar maxsus paketlarda Samarqand viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tomonidan qabul qilib olinmoqda. Boshqarma xodimlari tomonidan insholar soni va ularni tuman (shahar) kesimida umumlashtirish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yakuniy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Kasb-hunar ta'limi markaziga taqdim etiladi.

Bitiruvchilarning fikr-mulohazalariga huquq-tartibot idoralari vakillari ham qo‘shimcha qilib o‘z munosabatini bildirishdi.

Top