11:30 / 17.06.2019
25042

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 18 iyundan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 17,06 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8535,74 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 86,52 so‘mga arzonlab, 9666 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 1,24 so‘mga qimmatlab, 132,57 so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid
Top