ESPN UK nashri muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, dunyoning eng «zolim» sportchilari ro‘yxatini taqdim qildi.
Birinchi o‘rinni «Barselona» klubining urugvaylik hujumchisi Luis Suares egalladi. U ajoyib gollari bilan birga raqiblarni tishlashi bilan ham tanilgan. Ikkinchi o‘ringa mojaroli futbolchi Joui Barton, uchinchi o‘ringa afsonaviy bokschi Mayk Tayson loyiq ko‘rildi.
Top-10 «zolim» sportchilar reytingi quyidagicha:
1. Luis Suares (futbolchi)
2. Joui Barton (futbolchi)
3. Mayk Tayson (boks)
4. Joze Mourino (futbol murabbiyi)
5. Diyego Kosta (futbolchi)
6. Floyd Meyvezer-kenja (bokschi)
7. Serxio Ramos (futbolchi)
8. Devid Uornen (kriket)
9. Diyego Maradona (sobiq futbolchi, murabbiy)
10. Roy Kin (sobiq futbolchi, murabbiy)