18:40 / 18.06.2019
6428

Mishel Platini so‘roqdan keyin qo‘yib yuborildi

UYeFA sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiya politsiyasi tomonidan hisbga olinmadi.

CNN xabariga ko‘ra, 63 yoshli mulozim JCh-2022 mezbonini saylash jarayonidagi korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun politsiya mahkamasiga olib ketildi. Bunda Platiniga hech qanday ayblov qo‘yilmadi va u so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, Platini 2007-2015 yillar davomida UYeFA prezidenti bo‘lib ishlagan. 2015 yilda u FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan 8 yilga futboldan chetlatilgan edi. 2016 yilda bu muddat 4 yilga qisqartirildi.

Ma'lumot uchun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligini Qatar qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdayoq ingliz matbuotida ushbu jarayonda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruvlar chiqa boshlagandi. Xabarlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ayrim amaldorlar Qatar vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olingani aytilgandi.

FIFA mustaqil komissiyaga ushbu ishni tekshirishni topshirgandi. 2014 yilda bu ishda korrupsion kelishuvni isbotlovchi dalillar topilmagani e'lon qilingandi.

Mavzuga oid
Top