16:52 / 19.06.2019
7173

Toshkentda sakkiz oylik farzandini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: Fotolia

Toshkentda farzandini to‘qqiz ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan juftlik qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli erkak va 26 yoshli ayol o‘tgan yil oktyabrida dunyoga kelgan o‘g‘lini tanishi, 27 yoshli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda 20 kunlik chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Top