10:20 / 20.06.2019
26291

Eron AQSh dronini urib tushirdi

Foto: AP /Fay Abuelgasim

Eron Inqilobiy gvardiyasi AQSh dronini urib tushirdi. Bu holat Vashington va Tehron o‘rtasidagi yadro kelishuvi barbod bo‘lganidan so‘ng mavjud qaltis vaziyat soyasida ro‘y bermoqda. AQSh harbiylari hodisaga izoh berishni rad etmoqda. 

RQ-4 Global Hawk droni urib tushirilganiga doir xabarlar AQSh armiyasi Eronni Ummon ko‘rfazidagi 2ta neft tankeriga hujum uyushtirganlikda ayblaganidan so‘ng paydo bo‘lmoqda. AQSh neft tankerlariga hujumda Eronni ayblamoqda. Rasmiy Tehron bu ayblovlarni rad etmoqda. 

Eron Inqilobiy gvardiyasi dron Eron havo hududlariga kirgan vaqtda 20 iyun kuni ertalab urib tushirgani haqida bayonot berdi. Dron Eronning Ho‘rmuzgon viloyatining Qo‘hmuborak tumanida havo chegaralarini kesib o‘tgan. 

Eronning IRNA axborot agentligi urib tushirilgan dron modeli haqida ma'lumot berib, uning RQ-4 Global Hawk ekanini bildirdi. 

  • AQSh tomoni, hozircha, Eron hududida AQSh droni borligini rad etish bilan cheklanmoqda.
Top