17:10 / 21.06.2019
31118

IIVning hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Polkovnik Rustam Amirovich Sayfulov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Rustam Sayfulov

Podpolkovnik Jamshid Baxtiyorovich Zakirov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Zakirov

Podpolkovnik Ahrorjon Xalimjonovich Adhamov Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ahrorjon Adhamov

Podpolkovnik O‘tkir Karimovich Badalov Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘tkir Badalov

Podpolkovnik Farrux Salamovich Toirov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Farrux Toirov
Mavzuga oid
Top