20:21 / 21.06.2019
8747

Superliga. «Lokomotiv» Samarqandda yutqazdi

Superligada 12-tur o‘yinlari boshlandi.

«Lokomotiv» Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda 1:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar tarkibida Qadamboy Nurmetov 2ta gol urdi. «Temiryo‘lchilar» bunga Temurxo‘ja Abduxoliqovning yagona goli bilan javob qaytara oldi xolos. 

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 24 ochko bilan 2-o‘rinda, «Dinamo» esa 18 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 12-tur
21 iyun, Samarqand, «Dinamo» stadioni
DINAMO (Samarqand) – LOKOMOTIV (Toshkent) 2:1
Gollar: Qadamboy Nurmetov (61, 72) – Temurxo‘ja Abduxoliqov (64)

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top