18:30 / 24.06.2019
4394

Tramp neft importyorlarini Hurmuz ko‘rfazida xavfsizlikni ta'minlashga chaqirdi

Foto: EPA\TASS

AQSh prezidenti Donald Tramp neft importyor mamlakatlarini Hurmuz ko‘rfazidagi kemalar xavfsizligini o‘zlari ta'minlashiga chaqirdi.

"Xitoy ko‘rfaz orqali o‘z neftining 91% ini oladi, Yaponiya – 62%, boshqa ko‘plab davlatlarda ham shunday hajm. Nima uchun ko‘p yillardan beri boshqa davlatlarning kema yo‘llarini tekinga biz qo‘riqlaymiz? Bu davlatlar o‘z kemalarini o‘zlari qo‘riqlashi kerak", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Uning qayd etishicha, AQShning Hurmuz ko‘rfaziga ehtiyoji yo‘q, chunki u jahondagi eng yirik energiya eksportyoriga aylangan.

Avvalroq Hurmuz ko‘rfazida ikkita neft tankeriga hujum uyushtirilgandi. AQSh va Buyuk Britaniya hujumlarda Eronni aybladi. Eron esa bu ayblovlar asossiz ekanligini bildirdi.

Top