17:28 / 27.06.2019
7468

Andijonda  Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” majmuasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari, soha faxriylari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘z olib, yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan qutlab, matbuotning jamiyatdagi o‘rni haqida ma'ruza qildi. 

Tantana davomida 150 nafar jurnalistga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va planshetlar sovg‘a qilindi.

Bayram tadbiri “Oltin vodiy” tantanalar saroyidagi to‘kin dasturxon ustida davom etdi. 

Elmurod Ermatov, Andijon

Top