13:00 / 28.06.2019
11531

Alisher Usmonov Tulaning «Arsenal» klubiga 10 mln dollarga yaqin pul ajratdi

Foto: Bloomberg

Biznesmen Alisher Usmonov Tulaning «Arsenal» klubiga 600 mln rubl (9,5 mln dollar atrofida) pul ajratdi. Bu haqda bir qator rus saytlari «Baza» Telegram-kanaliga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum Rossiya chempionatida 6-o‘rinni olib, yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Arsenal» rahbariyati moliyaviy ko‘mak so‘rab Alisher Burxonovichga murojaat qilgan. Tadbirkor esa bu iltimosni yerda qoldirmagan.

Tula klubi, shuningdek, yana 500 mln rubl so‘rab «Rostex» davlat korporatsiyasiga murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil avgustida Usmonov Londonning «Arsenal» klubidagi 30 foiz aksiyalar paketini 550 mln funtga, amerikalik milliarder Sten Kronkega sotib yuborgan edi.

Top