17:00 / 28.06.2019
11242

«Milan» Yevropa Ligasidan chetlatildi

Foto: AC Milan

«Milan» klubi 2019/20 mavsumida Yevropa Ligasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

«Rossoneri» 2015-2018 yillar davomida moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun Sport arbitraj sudi tomonidan shu tarzda jazolandi. 

«Milan» klubi Yevropa Ligasidan o‘z xohishi bilan chetlatildi, ammo katta miqdorda jarima to‘lamaydigan va 2022 yilgacha barcha qarzlardan qutulish majburiyatini zimmasiga oladigan bo‘ldi. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, «Milan» rahbariyati UYeFA bilan shunday jazo haqida kelishib olishni ma'qul ko‘rgan.

Endi «Roma» Yevropa Ligasidagi ishtirokini saralash bosqichidan emas, balki guruh bosqichidan boshlaydi. A Seriyada 7-o‘rinni egallagan «Torino» esa Yevropa Ligasi saralashida ishtirok etadi.

Top