11:53 / 29.06.2019
6154

Afg‘onistonda jangarilar hujumi oqibatida 20dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Afg‘onistonda jangarilarning nazorat-o‘tkazuv punktlariga hujum uyushtirish oqibatida 24 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, hujum Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bog‘lon viloyatining Nahrin tumanida amalga oshirilgan.

Avvalroq Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi natijasida xavfsizlik xizmatining sakkiz xodimi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangandi.

Top