11:13 / 01.07.2019
2837

O‘zbekiston va Osiyo zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ayni kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaga tashrif buyurgan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev musobaqa doirasida Osiyo zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Sangvu Park bilan uchrashib, ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish borasida memorandum imzoladi.

Mazkur jarayonda Yaponiya zamonaviy beshkurash federatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etib, memorandum imzolanganidan so‘ng tomonlar sportning qit'amizdagi rivoji bo‘yicha suhbat olib borishdi.

Suhbatda ushbu sport turi bo‘yicha Yevropa sportchilariga yanada kuchli raqobat tug‘dira oladigan Osiyo vakillarini tayyorlash, terma jamoalar o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borish borasida og‘zaki kelishuvlarga erishildi.

Top