08:57 / 01.07.2019
7622

Rasman: Denis Suares sobiq klubiga qaytdi

Foto: RC Celta

«Barselona» yarimhimoyachisi Denis Suares «Selta»ga qaytdi.

Vigo shahri jamoasi rasmiy saytida bildirilishicha, 25 yoshli ispan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi. Yangi jamoasida u 6-raqamda o‘ynaydigan bo‘lgan.

«Barsa» rasmiy saytiga ko‘ra, klub Denis Suaresni 12,9 mln yevroga sotgan, bunga bonuslar tariqasida yana 3,1 mln yevro qo‘shilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Suares – «Selta» tarbiyalanuvchisi. U klubning asosiy jamoasida o‘ynamagan, 2011 yilda Galitsiyani tark etib, «Manchester Siti», «Barselona», «Sevilya», «Vilyarreal» va «Arsenal» kabi klublarda to‘p tepgan.

Top