15:15 / 01.07.2019
14885

Xitoy Britaniyani «o‘z o‘rnini unutmaslik» va Hongkongning ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Foto: REUTERS / Thomas Peter

Xitoy Buyuk Britaniyani “o‘z o‘rnini unutmaslikka” va Hongkongning ishlariga aralashmaslikka chaqiradi, XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuan.

Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant Honkongning Xitoyga berilishi to‘g‘risidagi Xitoy-Britaniya qo‘shma deklaratsiyasi majburiy kuchga ega ekanligini bildirgandi. U shuningdek, Hongkongning keng muxtoriyatga ega bo‘lishi va Hongkong aholisi huquqlariga rioya qilinishi ham majburiy ekanligini eslatgandi. Uning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniya voqelar rivojini diqqat bilan kuzatib boradi.

"Keyingi vaqtda Britaniya tomoni Hongkongning ishlariga aralashmoqda. Biz shu munosabat bilan noroziligimizni va keskin e'tirozimizni bildiramiz. Biz Britaniya tomonini o‘z o‘rni haqida unutmaslikka va Hongkongning ishlariga har qanday yo‘l bilan aralashishni to‘xtatishga chaqiramiz", - dedi Gen Shuan.

U Buyuk Britaniya zimmasida Xitoy ichki siyosatiga taalluqli bo‘lgan Hongkong borasida "hech qanday mas'uliyat yo‘qligini" ta'kidladi.

Hongkong 1997 yilda Buyuk Britaniya mustamlakachiligidan Xitoy boshqaruviga o‘tgan va keng muxtoriyatdan foydalanib keladi. 

Mavzuga oid
Top