12:48 / 02.07.2019
25690

3 iyul kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 iyul kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top