17:07 / 03.07.2019
7572

Yaponiyaning Kyusyu orolida kuchli yomg‘irlar sababli bir milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilinmoqda

Foto: Kyodo/via REUTERS

Yaponiyaning Kyusyu oroli janubiy hududlarida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berishi mumkinligi bois bir million 94 ming kishi evakuatsiya qilinadi, deb xabar berdi Kiodo agentligi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Miyadzaki va Kagosima prefekturalarida vayron bo‘lishi va suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan 517,5 ming xonadon evakuatsiya qilinadi. 

Meteorologlar payshanba kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbiy hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi davom etishi kutilayotganini bildirdi. Ularning aytishlaricha, ayrim hududlarda bir sutkada bir oylik me'yordagi yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘tgan yili iyulda Xirosima, Exime va Okayama prefekturalarida ko‘chki va suv toshqinlari 200 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top