12:26 / 04.07.2019
5767

Bozorlarga elektron tablolar o‘rnatilishi mumkin

Illyustrativ foto

“Mening fikrim” jamoaviy murojaat portalida dehqon bozorlariga elektron tablolarni o‘rnatish haqida petitsiya e'lon qilindi

Bildirilishicha, dehqon bozorlarining hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylariga elektron tablolarni o‘rnatish lozim. Mazkur tablolar orqali bozor faoliyatiga doir yangiliklar, bozor ma'muriyatining ishonch raqamlari, soliq va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilikdagi o‘zgarishlar, yangi mahsulotlar haqida (aksariyat mahsulotlarning narxlari ham) va boshqa ma'lumotlar berib boriladi. 

Bu orqali iste'molchilarning huquqlari buzilishi oldi olinib, bozordagi munosabatlar huquqiy tartibga solinishi aytiladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda dehqon bozorlariga elektron tablolarni o‘rnatishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Top