09:27 / 05.07.2019
25274

Amerikalik milliarder aviahalokat qurboni bo‘ldi

Foto: Getty Images

7 kishi, jumladan amerikalik milliarder Kris Klayn Bagam orollarida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda BNO News nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 4 iyul tongda yuz bergan. Vertolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay Bagam orollarining eng shimoliy oroli yaqinida, Atlantika okeaniga qulagan.   

Vertolyot bortida 7 kishi bo‘lgan, ularning birortasi omon qolmagan. Qurbonlardan biri milliarder ekanini uning do‘stlari tasdiqlashgan. Klayn 62 yoshini qarshilashi arafasida halok bo‘ldi. Qolgan jasadlarning shaxsini darhol aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Forbes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, milliarderning boyligi 1,8 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Top