12:06 / 05.07.2019
5414

O‘ziga tegishli bo‘lmagan uyni sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 3 iyun kuni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 41 yoshli S.J. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 1 may kuni Buxoro tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli J.S. unga 54 yoshli O.Q. ismli ayolga tegishli O.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan uyni o‘ziniki ekanligini aytganini va ushbu uyni sotaman deb undan kelishilgan umumiy 255 million so‘m pullarini olib, shu kunga qadar uyni uning nomiga rasmiylashtirib bermayotganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.S. qo‘lga olindi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top