20:20 / 07.07.2019
5568

Uchtepa tumanida «Hunarmandlar shaharchasi» ish boshlaydi

Toshkentdagi Suzuk ota mahallasida ziyoratgoh qurilayotgani sabab bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar uchun Uchtepa tumanida maxsus shaharcha quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«2017 yilgacha mahallada faoliyat yuritdik. O‘sha paytga kelib Jahongir Obidovich biz bilan uchrashdilar, hamsuhbat bo‘lib, fikrimizni bildilar. Agar hamma hunarmandlar bitta joyda bo‘lsa, bizning ham o‘z orzu-niyatlarimiz bor. Hunarimizni butun dunyoga tanitish, shogirdlarni ko‘paytirishni reja qilganmiz», — deydi hunarmand Axror To‘raxo‘jayev.

«Hunarmandlar shaharchasi» Uchtepa tumanidagi Jurjoniy mahallasida barpo etiladi. Bu yerda nafaqat milliy hunarmandchilikni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoit tayyorlanadi, balki ustoz-shogird maktabini davom ettirish uchun muhit yaratiladi.

1,8—2 gektar joyni egallaydigan shaharchada 400 ta ish o‘rni yaratilib, turistik markazga aylantiriladi. Hunarmandlar ustaxonalari, shourumlar qatori gastronomik turizm markazi ham tashkil etiladi.

Mavzuga oid
Top