22:20 / 07.07.2019
20260

Uzauto Motors 7 yilda qancha soliq to‘lagan va sifat ko‘rsatkichlari qanday?

Uzauto Motors kompaniyasi imtiyozlarga ega bo‘lishi barcha soliq va to‘lovlardan ozod etilganini anglatmaydi. Kompaniya bosh direktori v.b. Rustam Rajabov Asakadagi zavodga tashkil etilgan press-tur doirasida davlat budjetiga qancha soliq to‘langani va xayriya ishlariga ham yirik mablag‘lar ajratilayotganini bildirdi. 

«Biz xalqimiz oldida ijtimoiy mas'uliyatimiz borligini his qilamiz. Ko‘pchilik korxonalarimiz hech narsa to‘lamaydi, degan fikrda. Biroq 2012-2018 yillarda davlat budjetiga 8,5 trln so‘m turli soliqlar to‘langan. Imtiyozlar borligi rost, biroq biz hech narsa to‘lamasligimiz haqidagi fikrlar noto‘g‘ri.

Bundan tashqari, ijtimoiy sohada ham turli xayriyalar tashkil etiladi, homiyliklar qilinadi. Xususan, O‘zavtosanoat AJ 391,2 mlrd so‘mni shu maqsadga yo‘naltirgan bo‘lsa, Uzauto Motors  234,8 mlrd so‘m mablag‘ni xayriyaga sarflagan. Bu pullar, uylarning tomlarini almashtirishga, kanalizatsiya tarmoqlari, suv quvurlari, sport majmualari qurish va boshqa ishlarga yo‘naltirilgan», - dedi Rustam Rajabov.

U, shuningdek, avtomobillar sifat ko‘rsatkichiga ham to‘xtalib o‘tdi. Rajabovning aytishicha, bugungi kunda Uzauto Motors 5 darajali BIQ sifat standartining 3-darajasida mustahkam joylashgan. 2019 yilda uning 4-darajasini olish ustida ish olib borilmoqda. Rustam Rajabovga ko‘ra, mazkur standartning 5-darajasi olinsa, sifatsiz mahsulot zavodni umuman tark etmasligiga erishiladi. 

Mavzuga oid
Top