08:27 / 08.07.2019
5814

Hindistondagi yo‘l-transport hodisasida 29 kishi halok bo‘ldi

Foto: Financial Express

Hindiston shimolida joylashgan Agra shahridagi kanalga avtobus qulashi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan.  Politsiya voqea joyida 27 jasadni aniqlagan. Shuningdek, 16 ga yaqin kishi jabrlangan, ular shifoxonalarga yetkazilgan. 

Uttar-Pradesh shtati politsiyasi halokat rulda uxlab qolgan haydovchi sababli yuz berganini ma'lum qilgan. Lakxnaudan Dehliga yo‘nalayotgan avtobus kanalga 4,5 metrlik balandlikdan tushib ketgan. 

Top