20:20 / 09.07.2019
17341
Reklama

"IFODA" bilan 100 sentner!

Dehqon xalqning rizqi. Ham o‘zining,  ham elning dasturxonini to‘kin qilish maqsadida yerga urug‘ qadaydi, mehnat qiladi. Yil davomida xirmoni yuksak bo‘lishi uchun harakatda bo‘ladi va samarasi yaxshi, hosili mo‘l bo‘lsa dimog‘i chog‘ bo‘ladi. 

 

Ayni kunlarda yurtimizning g‘alla maydonlarida o‘rim-yig‘im ishlari avj pallasiga kirgan. Mutaxassislarning aytishicha, zaminimizda bu yilgi g‘allaning cho‘g‘i har yilgidan balandroq. Fermer xo‘jaliklarida kuzdan boshlab qilingan mashaqqatli mehnatning hosilidan barakali xirmon ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, bugun dehqonchilikka zamonaviy ilm va uslublar bilan yondashayotgan fermerlar ko‘zlagan, chamalagan hosilini ortig‘i bilan yig‘ib olmoqda. Xususan, Ifoda bilan hamkorlik qilib 100 sentner hosil olgan fermerlar...

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi “Fayz” fermer xo‘jaligi bu yil gektariga oz emas, ko‘p emas naqd 100 sentnerdan hosil olib, xirmon uymoqda.Buning sirini xo‘jalik rahbari Rauf aka quyidagicha izohlaydi.

– Bug‘doy, paxta ekib mana Xudoga shukr, yuqori hosillarga erishib kelyapmiz. Buning sababi “Ifoda” agrokimyohimoya bilan ishlayotganimiz. G‘alladan yaxshi hosil olish uchun avvalo urug‘ni dorilashdan boshlash zarur. Biz urug‘ning tez unib chiqishi va kasalliklarga chidamli bo‘lib yetilishi uchun VL-77 preparatidan foydalanib, keyin ekamiz.

Shu preparatlarni ishlatganimiz uchun mana bugun 100 sentnerdan hosil olyapmiz. 

– “Ifoda” kompaniyasi bilan besh yildan beri ishlab kelyapmiz. Avvallari 1 tonna 200 kg, 1 tonna 300 kg mineral o‘g‘it sarflar edik. Lekin mana bu yil 600 kg mineral o‘g‘it berib, gektariga 100 sentnergacha g‘alla olsa bo‘lar ekan.

“Qo‘shni fermerlar kelib, “nima qilding, nima berding?” deb so‘raganda biz “Ifoda”ning preparatlaridan ishlatdik, dedik. Ular biroz ishonmadi. Va biz “Ifoda”  bilan birga shu dalalarning o‘zida ular uchun hudud va tuman seminarlarini o‘tkazdik.

“Ifoda”bilan ishlab ham mineral o‘g‘itdan, ham puldan tejayapmiz. Umuman iqtisod qilyapmiz.”

Raufjon RUSTAMOV, “FAYZ” fermer ho‘jaligi rahbari IFODA kompaniyasi agronomlari bilan

Rauf akaga fermerlik begona emas. Bu unga ota kasb. Yoshligidan yer bilan tillashib, agroxo‘jalikning barcha sir-sinoatlarini puxta o‘zlashtirgan. Shu bois ham har yili belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarib, yuzi yorug‘ bo‘lib kelmoqda. Uning bu natijalarida Ifoda kompaniyasining ham hissasi borligini fermer alohida mamnuniyat bilan e'tirof etadi.

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Tillaboyev hosili mo‘l” fermer xo‘jaligi rahbari A'zamjon Nurmirzayev ham yaxshi niyat ila 48,8 gektar maydonga bug‘doy ekib, ko‘pchilik mirishkorlar havas qiladigan hosilga erishdi. U bir gektardan 100 sentnerga yaqin g‘alla oldi. Tabiiyki, A'zamjon aka bunday ko‘rsatkich orqali shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajaribgina qolmay, ham o‘zining, ham yelkadosh ishchilarning oilasiga daromad-u, baraka olib kirayotganidan mamnun. 

A'zamjon NURMIRZAYeV - “Tillaboyev hosili mo‘l” fermer xo‘jaligi rahbari

“Mana, bug‘doy o‘rimini tugatyapmiz. Yaratganga shukur, hosildorlik kutgandan ham a'lo darajada bo‘ldi. Bunday mo‘l hosil vujudga kelishining eng birinchi omillaridan biri - bu “Ifoda” agrokimyohimoya kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotganimda. “Ifoda” kompaniyasining tajribali agronomlari yerlarimni o‘rganib, mavsum davomida zarur o‘g‘itlarni, samarali gerbitsid, stimulyatorlarni vaqtida va me'yorida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berib borishdi. Va mana o‘zingiz ko‘rib turibsiz...” – deydi fermer.  

“Ifoda” kompaniyasi bilan 3-4 yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz. Ayniqsa, stimulyatorlar, o‘g‘itlar va hasharotlarga qarshi qo‘llayotgan preparatlarimiz juda katta samara berdi. “Ifoda” kompaniyasining agronomlari kelib, o‘zlarining tavsiyalarini berib ketishadi. Hatto, preparatlarni qo‘llayotgan paytda, masalan shiraga, zang kasalliklariga qarshi sepish paytida o‘zlari miqdorini belgilab berib, yordam ko‘rsatishmoqda. Kompaniya bilan nafaqat bug‘doyda, balki paxtada va tomorqa ekinlarida ham shartnoma qilib, hamkorlikda ishlab kelyapmiz.”

Bugungi kunda Respublikadagi dehqon va fermerlarga yanada yaqinroq bo‘lish niyatida Ifoda kompaniyasining barcha viloyatlar bo‘ylab 100 ga yaqin filiallari (savdo shoxobchalari) faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya yetakchi agronomlari fermer va dehqon xo‘jaliklarida bo‘lib, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni takroriy ekin ekish oldidan yerni oziqlantirish hamda begona o‘t va zararkunandalarga qarshi ishlash bo‘yicha dehqonlarga o‘z maslahatlarini berib boryapti.

O‘simliklarni himoya qilish vositalari endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda

IFODA kompaniyasi tomonidan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha doimiy izlanishlar olib boriladi. Albatta, dastavval mijozlarning ortib borayotgan talablari, ularning xohish va istaklari hamda bozor konyunkturasi hisobga olinadi.

Kompaniya tomonidan eng ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish zavodi loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi, import o‘rnini bosadigan sifatli o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va mahalliy bozorni ta'minlash hamda eksport qilishdan iborat.

Har bir mijoz - e'tiborda!

Respublikamizning barcha xududlarida kompaniyaning malakali mutaxassislardan iborat agronomik jamoa sizning ekin maydonlaringizni doimiy nazorat qilishadi va ekinlarni himoya qilish, hosilni saqlab qolish, ko‘paytirish bo‘yicha bepul maslahatlar beradilar. Bu ham mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan faoliyatlardan biridir!

“Biz taklif qilayotgan kimyoviy preparatlar yordamida dehqonlarimizning hosili mo‘l bo‘lsa va yuqori daromadga erishsalar, o‘zimizni behad baxtiyor his etamiz. Zero, bizning oliy maqsadimiz va shiorimiz mo‘l, sifatli va yuqori daromad keltiruvchi hosilni mijozlarimiz bilan birgalikda yetishtirishdir!”

Batafsil ma'lumot uchun maslahat markazi +998781470500

Telegram kanallarimizga obuna bo‘ling

@ifodaagroconsulting

@ifodapaxta2019

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top