12:18 / 09.07.2019
6657

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i - bosh boshqarma boshlig‘i matbuot kotibi tayinlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Kapitan Irina Vladimirovna Sayfutdinova Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i - bosh boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

I.Sayfutdinova 1974 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Oliy ma'lumotli. 1997 yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasida muxbir, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida bo‘lim mudiri, Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari-bosh muharrir lavozimlarida mehnat qilgan.

Katta serjant E'tibor Rustamovna Shirayeva Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari - bosh muharriri vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

E.Shirayeva 1985 yil Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan. Oliy ma'lumotli. 2004 yil Xiva shahar pedagogika kasb-hunar kollejini huquqshunos-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha hamda 2010 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining (h.v. O‘zDJTSU) bakalavriat va 2012 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta'lim yo‘nalishlarini tamomlagan.

Top