12:57 / 10.07.2019
5925

«Matiz»ni tunagan o‘g‘ri ushlandi - IIV

Joriy yilning 19 fevral kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumani KHAYda joylashgan RShTYoIM oldida qarovsiz qoldirilgan Yashnobod tumanida yashovchi 27 yoshli A.R.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasi eshigini buzib ochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs mashina salonidan umumiy qiymati 12 mln. so‘mlik “Asus Rock” rusumli noutbukini o‘g‘irlab ketganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumani E.Toshkandiy 1-tor ko‘chasida yashovchi 46 yoshli M.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda.

Top