14:56 / 12.07.2019
13110

O‘zbekistonda kiyim-kechak importi ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

Foto: usfashionindustry.com

O‘zbekistonda mamlakatga tijorat maqsadida olib kiriluvchi barcha tayyor tikuv va to‘qimachilik mahsulotini markirovkadan foydalangan holda majburiy sertifikatlash tizimi paydo bo‘lishi mumkin. Bu «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida belgilangan.

Gap TN TIF 61-63 kodlari ostiga tushadigan mahsulot haqida ketyapti, bunda esa bir necha o‘nlab tovar pozitsiyalari bor - paltolar, yubkalar, kostyumlar, sviterlar va ko‘ylaklar.

Kutilishicha, bu ichki bozorni past sifatli va soxta maxsulotlardan himoya qilishga imkon beradi. Ko‘rsatilishicha, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi shunday taklif bilan chiqqan.

Agar loyiha ushbu shaklda qabul qilinsa, unda majburiy sertifikatlash 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top